Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Kitobxon talaba" ko'rik-tanlovining final bosqichi o'tkazildi

Bugun, 20-dekabr kuni "Kitobxon talaba" ko'rik-tanlovining final bosqichi bo'lib o'tdi. Unda  yil davomidagi tanlovlarda  finalga yo'llanmani qo'lga kiritgan talabalar ishtirok etishdi.

Talabalar tanlovning final bosqichida quyidagi badiiy asarlar asosida kuch sinashdilar:
Asqad Muxtorning “Chinor” romani;
Rashod Nuri Gunteginning  “Choliqushi” romani;
Abdulla Qodiriyning  “O'tkan kunlar” romani;
Abdulla Qahhorning  “Sarob” romani;
Isajon Sultonning "Genetik" romani;             
I.S. Turgenev  “Asya” asari;
V.G.Korolenko  “Paradoks” asari;
Mixail Bulgakovning “Ityurak” asari;
N.V.Gogol  “O'lik jonlar” asari;
A.P.Chexov “Ionich” asari.

Tanlovning badiiy qismi Filologiya fakulteti 201-guruh talabalari tomonidan ijro etilgan go'zal kuy-qo'shiqlar hamda "Ivan Vasilevich kasbini o'zgartiradi" kinokomediyasi asosida ishlangan ajoyib sahna ko'rinishi bilan yanada esda qolarli bo'ldi.

"Kitobxon talaba" ko'rik-tanlovining final bosqichi g'oliblari:

1-o'rin -Jumaniyazova Munis 204-guruh talabasi (o‘zbek tili);

2-o'rin - G‘ulomjonova Munira 192-guruh talabasi (rus tili);

3-o'rin - Nilufar Hajikurbanova  191-guruh talabasi(o‘zbek tili).

 Tanlov g'oliblari fakultet professor-o'qituvchilari tomonidan diplom hamda estalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Ulashish: