Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Koreya madaniyati haftaligi

Bugun “Koreya madaniyati” haftaligining ilk kunida Urganch davlat universiteti va Dongshin universiteti talaba-yoshlarining oʻzaro tajriba almashishni koʻzda tutuvchi madaniy tadbirlar, koreys tili oʻqitish metodikasi boʻyicha seminarlar, sport oʻyinlari boʻlib oʻtdi.

“Koreya madaniyati” haftaligi dasturidan  Taekvondo mashqlari, Koreya POP raqsi, Koreya POP vokali, ko‘rish qobiliyatini tekshirish (maxsus uskuna orqali),  sport va Koreya madaniyati tadbirlarini o‘z ichi olgan volontyorlik harakati namoyishlari oʻrin olgan.

Tadbirlar Urganch davlat universitetining 5 ta hududida, jumladan, Jismoniy madaniyat fakulteti sport zallari, TTJ mutolaa xonasi, TTJ Maʼnaviyat xonasi hamda Xorijiy filologiya fakultetining 405-xonasida boʻlib oʻtdi.  Ertaga, 31-yanvar sanasida ham xuddi shu joylarda tadbirlar davom etadi. 

Haftalik doirasidagi Koreya madaniyatini aks ettiruvchi har bir tadbirlar universitetimiz talaba-yoshlariga xush kayfiyat ulashib, koreys tili va manaiyatini oʻrganishga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirmoqda. 

urdu.uz, Koreya madaniyati haftaligi

urdu.uz, Koreya madaniyati haftaligi

urdu.uz, Koreya madaniyati haftaligi

urdu.uz, Koreya madaniyati haftaligi

urdu.uz, Koreya madaniyati haftaligi

urdu.uz, Koreya madaniyati haftaligi

urdu.uz, Koreya madaniyati haftaligi

Ulashish: