Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi delegatsiyasi Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi

Bugun Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian boshchiligidagi delegatsiya Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida Urganch davlat universitetida bo‘ldi. Nufuzli mehmonlarni oliygoh rahbariyati iliq qarshi oldi.  

Shundan soʻng, elchi Sharlotta Adrian boshchiligidagi delegatsiya vakillari: hamkorlik bo‘limi boshlig‘i, birinchi maslahatchi Vim Riepma, siyosiy ishlar xodimi Tomas Huet, hamkorlik bo‘limi xodimi Paulina Lenik, hamkorlik bo‘limi loyiha rahbari Akmal Rustamov hamda Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev va bir guruh masʼullar, shuningdek, Xorazm viloyati hokimi oʻrinbosari Botir Saidov va hokimlik vakillari ishtirokida hamkorlik istiqbollari xususida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda rektor B.Abdullayev Urganch davlat universitetining bugungi kundagi faoliyati, xususan, oʻquv faoliyati, ilmiy salohiyati, xalqaro hamkorlik aloqalari bilan yaqindan tanishtirdi. Hozirda 36 ta davlat bilan 120 dan ortiq hamkorlik memorandumlari mavjudligi qayd etildi. Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida toʻxtalib oʻtildi. 

Taʼkidlash joizki, hozirda universitetda Erasmus+ dasturi doirasida 8 ta zamonaviy laboratoriya tashkil etilgan. 400 nafar ziyod professor-oʻqituvchilar xorijiy oliy taʼlim muassasalariga borib, malaka oshirib qaytishdi. Xuddi shunday, chet elning nufuzli oliygohlaridan malakali professor-oʻqituvchilar oʼquv jarayonlariga jalb qilindi. Bugungi kunda ushbu dastur doirasidagi barcha loyihalar taʻlim sifatini yanada rivojlantirishga ulkan hissa qoʻshmoqda. 

Albatta, bu kabi istiqbolli natijalar elchi Sharlotta Adrian va delegatsiya vakillarini mamnun qildi. Ushbu hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash istagini bildirishdi. Shuningdek, Erasmus+ keyingi 7 yil uchun oʻz byudjetini ikki barobar oshirgani haqida soʻz yuritilib, bu ilm-fanni rivojlantirish uchun juda katta ahamiyatga egaligi va Yevropa Ittifoqi hamkorlikni doim qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirishdi. Uchrashuvda oʻzbek va yevropalik oʻqituvchilar almashinuvini kuchaytirish ham alohida qayd etildi. 

Rasmiy muloqot yakunida delegatsiya vakillariga universitetning ramziy esdalik sovgʻalari taqdim qilindi.

urdu.uz, Yevropa ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi delegatsiyasi Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi

urdu.uz, Yevropa ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi delegatsiyasi Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi

urdu.uz, Yevropa ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi delegatsiyasi Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi

urdu.uz, Yevropa ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi delegatsiyasi Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi

Ulashish: