Sport - nafislik va salomatlik manbai
Bugun UrDU Kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan "Sport - nafislik va salomatlik manbai" shiori ostida universitet ayol professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari ishtirokida voleybol boʻyicha universitet birinchiligi musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Musobaqa natijalariga koʻra:
Xorijiy filologiya fakulteti jamoasi: 1-oʻrin
Tabiiy fanlar fakulteti jamoasi: 2-oʻrin
Pedagogika fakulteti jamoasi: 3-oʻrin
Fizika-matematika fakulteti jamoasi: 4-oʻrin
Musobaqa gʻoliblari Kasaba uyushma qoʻmitasining qimmatbaho sovgʻalari va diplomlari bilan taqdirlandilar.



