UrDU Badmintonchi talabalari “Universiada” sport musobaqasida 1-o‘rinni egallashdi
Joriy yil 11-15-mart kunlari Termiz shahrida oʻtkazilgan Badminton sport turi boʻyicha “Universiada” sport musobaqasida Urganch davlat universiteti jamoasi faxrli jamoaviy 1-o‘rinni egallab, 2 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medali sohibi bo‘ldilar.
Urganch davlat universiteti maʼmuriyati jamoaning bosh murabbiyi Jurʼat Kenjayev va Ma’mur Bekchanovlarni hamda talabalarimizni ushbu g‘alaba bilan samimiy tabriklaydi.


