Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



XALQARO HAMKORLIK | JANUBIY KOREYANING SILLA UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK OʻRNATILDI

2022-yilning 22-oktabr kuni Janubiy Koreyaning Silla universiteti Vitse prezidenti professor Pyeoungkee Kim, Xalqaro hamkorlik boʻlimi direktori professor Hyung Geun Kim, Koreys tili mutaxassisi, koreyscha kontentni rivojlantirish bo'yicha professor Jeong Seonlar Urganch davlat universitetiga tashrif buyurishdi.

Tashrif avvalida mehmonlar UrDU rektori B.Abdullayev bilan uchrashdilar. Uchrashuvda tomonlar oʻzaro universitetlarning bugungi kundagi faoliyatlari haqida maʼlumot almashdilar. Jumladan, UrDU rektori B.Abdullayev Koreya universitetlari bilan xalqaro aloqalar kengayib borayotganligi, koreys tilini ikkinchi til sifatida oʻqitish yoʻlga qoʻyilgani va universitetda koreys tilini rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar xususida gapirib oʻtdi hamda Silla universiteti bilan hamkorlikni oʻrnatish boʻyicha oʻz takliflarini bildirdi.

Ulashish: