Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



URDU FILOLOGIYA FAKULTETIDA FAN ARBOBLARI, TANIQLI OLIM VA PROFESSORLAR BILAN HAMKORLIK ALOQALARI DAVOM ETMOQDA

Fakultetimizda O'zbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi direktori, folklorshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Jabbor Eshonqulov  "O'zbek folklori" fanidan shuningdek,  adabiyotshunos olim, bolalar adabiyoti mutaxassisi, professor Rahmatilla Barakayev “Bolalar adabiyoti” fanidan Filologiya fakulteti talabalariga mahorat darslarini boshlashdi. 

Ilk darslarda Filologiya fakulteti dekani D.G'ayipov har ikkala olimlarning faoliyati, adabiyotshunoslik sohasi rivojiga qoʻshgan hissalari bilan talaba-yoshlarni yaqindan tanishtirdi. Shuningdek, mehmonlarga fakultetda talabalar uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar, ilmiy yutuqlar haqida maʼlumot berdi. 

Olimlarning mahorat darslari joriy yilning 29-aprel sanasigacha davom etadi.

Ulashish: