“5 tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari davom etmoqda
Urganch davlat universitetida yoshlarni sogʻlom turmush tarzini taʼminlash, sportga keng jalb qilish, ularni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tashkil etilayotgan “5 tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari davom etmoqda.
Bugun, 6-oktabr kuni “5 tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining 2-bosqichi, “Universitet birinchiligi” baxslari talaba-qizlar oʻrtasida voleybol sport turi boʻyicha qizgʻin davom etmoqda. Unda universitetimizning barcha fakultetlaridan 9 ta jamoa ishtirok etmoqda.


