Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universitetida turkiyalik mehmonlar sharafiga madaniy tadbir tashkil qilindi

Bugun Turkiya Respublikasining qator oliy taʼlim muassasalaridan Urganch davlat universitetiga tashrif buyurgan mehmonlar sharafiga madaniy tadbir tashkil qilindi.

Tadbirni O'zbek filologiyasi fakulteti dekani, professor D.G'ayipov ochib berib, mehmonlarga tashrif uchun minnatdorlik izhor qildi va universitetlar oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari oʻzaro manfaatli boʻlishiga ishonch bildirdi. Xorazm viloyati hokimi maslahatchisi R.Xudayberganov ikki qardosh mamlakatlarning azaliy doʻstlik aloqalari va mushtarak jihatlari haqida maʼruza qildi.

Shundan soʻng, O'zbek filologiyasi fakultetining isteʼdodli talabalari tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi. Ayniqsa, turkcha go'zal raqslar, Xorazm shevasidagi she'rlar, Xorazm milliy madaniyatiga oid jonli qo'shiq, lazgi raqsi mehmonlarda oʻzgacha taassurot qoldirdi. 

urdu.uz, Madaniy tadbir

urdu.uz, Madaniy tadbir

urdu.uz, Madaniy tadbir

urdu.uz, Madaniy tadbir

urdu.uz, Madaniy tadbir

urdu.uz, Madaniy tadbir

Ulashish: