Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Belgiya ta’lim kengashi va Urganch davlat universiteti oʼrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Joriy yil 20–25-noyabr kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi va Belgiya Ta’lim kengashi bilan hamkorlikda Brussel shahrida “Oliy ta’limda tijoratlashtirish hamda universitetlarda tadbirkorlik muhitini yaratishning Yevropa tajribasi” mavzusida seminar o’tkazilmoqda.Unda respublikamizning 30 dan ortiq oliy ta’lim muassasasi rektor, prorektorlari qatorida Urganch davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo′yicha prorektori Z.Ibragimov ishtirok etmoqda. 

22-noyabr kuni delegatsiya a’zolari Oʼzbekistonning Belgiyadagi elchixonasida boʼldilar.Shu kunning oʼzida Belgiya ta’lim kengashi va Urganch davlat universitet oʼrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Shuningdek, delegatsiya a’zolari Yevropa ittifoqi parlamenti faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.

Ulashish: