Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev Xorazm viloyati hokimligi rasmiy delegatsiyasi tarkibida Xitoy Xalq Respublikasida bo'lib turibdi.

Ayni kunlarda Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev Xorazm viloyati hokimligi rasmiy delegatsiyasi tarkibida Xitoy Xalq Respublikasida bo'lib turibdi.

Delegatsiya a'zolari 25-noyabr kuni Fangchenggang shahrida xalqaro innovatsiya va hamkorlik forumida ishtirok etdilar. 

1-dekabrga qadar davom etadigan Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif doirasida mamlakat hududi bo'ylab turli forum va uchrashuvlarda ishtirok etish, shuningdek, Xitoy oliy ta'lim muassasalariga tashrif buyurish, tanishish va hamkorlikka erishuvlar rejalashtirilgan.

Xususan, delegatsiya a'zolari "Xalqaro innovatsion tibbiyot sohasidagi hamkorlik" 3-xalqaro forumining ochilish marosimida ishtirok etdilar. So'ngra, Guansi hududidagi yetakchi kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvda qatnashib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu hududdagi tarixiy ko'rgazmani tomosha qildilar.

Ulashish: