Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Rektorning Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari

Ayni kunlarda Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev  Xorazm viloyati hokimligi rasmiy delegatsiyasi tarkibida Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo'lib, turli forum va muzokaralarda ishtirok etmoqda.

Bugun, 27-noyabr kuni delegatsiya aʻzolari Xitoyning Guansi hududida boʻlib oʻtgan “Xitoy – Oʼzbekiston iqtisodiy va turizm biznes forumi”da ishtirok etdilar. 

Mazkur forum Xorazm viloyatida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish, ishbilarmon doira vakillari bilan sanoat, qurilish, turizm va ijtimoiy sohalarda hamkorlik qilish borasida muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Ulashish: