Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



M.M.Adishev nomidagi Oʻsh texnika universiteti bilan hamkorlik oʼrnatildi

Joriy yilning 18-dekabr kuni Qirgʻizistonning M.M.Adishev nomidagi Oʻsh texnika universiteti O’quv ishlari bo’yicha prorektori, t.f.n., dots. U.Mamitov, fakultet dekanlari f.f.n., prof. M. Aldashev va t.f.n., prof. Sh.Saydamatov va kafedra o’qituvchisi U.Elchibekovlar Urganch davlat universitetida boʻldilar.

Delegatsiya aʼzolarini universitet rahbariyati mamnuniyat bilan kutib oldi. Mehmonlar bilan UrDU rektori B.Abdullayev, prorektorlar, tegishli fakultet dekanlari ishtirokida rasmiy muloqot boʻlib oʻtdi. 

Muloqotda ta’lim darajasini oshirish, o’quv-uslubiy ishlar bo’yicha tajriba va axborot almashish, har tomonlama o’zaro manfaatli aloqalarni o’rnatish, professor-o’qituvchilar va talabalar almashinuvi, birgalikda ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va o’tkazish singari masalalar muhokama qilinib, ikki universitet oʼrtasida hamkorlik memorandumi imzoladi.

Ulashish: