Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universitetida “XXI asr algoritmi” nomli xalqaro anjuman oʻz ishini boshladi

2024-yilning 5-9 yanvar sanalariga moʻljallangan ushbu nufuzli anjumanda dunyoning 30 nafarga yaqin matematika sohasining yetakchi mutaxassislari, doktorantlar, talabalar, xususan, Amerika Qoʼshma Shtatlarining 6 nafar yirik olimlari qatnashmoqda.

Shuningdek, yurtimizdagi oliy oʻquv yurtlaridan talabalar, Urganch davlat universiteti rahbariyati, Fizika-matematika fakulteti professor-oʻqituvchilari ishtirok etishdi. 

Buyuk matematik olim Al-Xorazmiyning 1240 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan anjumanning ochilish marosimida UrDU rektori Baxrom Abdullayev ishtirok etib, konferensiya ishiga muvaffaqiyat tiladi. 

Xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidan soʻng, sohaga oid eng soʼnggi yangiliklar, oʼzgarishlar, qilinayotgan ilmiy tadqiqotlar va ularning natijalari yuzasidan ishtirokchilarning maʼruzalari boshlandi. 

Bugungi maʻruzalarda AQSHning Alabama universiteti professori Volodymyr Melnykov, Los Angeles shahridagi Kaliforniya universiteti va Germaniyaning Maks Plank universiteti professori Guido Montufar hamda Fizika-matematika fakulteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha dekan o‘rinbosari, PhD. Jamol Mattiyevlar taqdimot qildilar. 

 

Ulashish: