Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universiteti Xitoy Xalq Respublikasi OTMlari bilan kelishuvlarga erishmoqda

Ayni kunlarda O‘zbekiston-Xitoy taʼlim forumida O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari delegatsiyasi tarkibida Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev hamda xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor G‘ayrat O‘razboyevlar Xitoy Xalq Respublikasida boʼlib turishibdi.

Joriy yilning 21-yanvar kuni universitetimiz vakillari Pekin xalqaro matematik tadqiqotlar markazi direktori professor Gang Tian bilan uchrashishdi. Uchrashuvda tomonlar o‘rtasida matematika sohasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish,  birgalikda xalqaro matematika markazini tashkil etish, talaba va professor-o‘qituvchilarni almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Shundan so‘ng, rektor B.Abdullayev va prorektor G‘.O‘razboyev Pekin universitetining vise-prezidenti Fang Fang  va kotibi Hao Ping lar bilan uchrashib, universitetlar o‘rtasida ta’lim va ilm-fan yo‘nalishida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish borasida kelishib olishdi.

Jumladan, talabalarning xitoy tilini o‘rganishlari uchun imkoniyatlar yaratish, talaba va professor-o‘qituvchilar mobillik dasturlarini amalga oshirish, o‘quv jarayoniga professor-o‘qituvchi va mutaxassislarni jalb etish, talabalar uchun qishgi va yozgi maktablarni tashkil etish  bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Ulashish: