Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch Davlat Universiteti Meva-sabzavotchilik kafedrasi stajor o`qituvchisi Atajanov Temurning Xorazm viloyati sharoitida so`ruvchi va kemiruvchi zararkunandalarga qarshi biologik kurash mavzusidagi ilmiy-nazariy seminari

S.Sadullaev so‘zga chiqib, kafedra dotsenti T.Atajanovga Xorazm viloyati sharoitida so`ruvchi va kemiruvchi zararkunandalarga qarshi biologik kurash mavzusidagi  ma’ruzasini boshlash uchun so’z berdi. Ma’ruzachi o‘z ma’ruzasida Respublikamizdagi oliy o’quv yurtlari talabalarining mazkur mavzu bo’yicha bilimlarini chuqurlashtirish, individual va guruhlarda sohadagi muammolarning yechimini tahlil qilish va qaror qabul qilish ko’nikmalarini shakllantirish, muammolarni yechishda bir necha maqbul yechimlarni topish hamda yaratilgan ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish malakasini shakllantirishdan iboratligini gapirdi. Dunyoda oziq-ovqat havsizligini taʼminlash va jaxon bozorida oʼz oʼrniga ega boʼlish maqsadida qishloq xoʼjaligi maxsulotlarini yetishtirish va ularni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilishning ilgʼor texnologiyalari ustida tadqiqotlar olib borilmoqda. Аmmo urugʼmevali bogʼlarda yetishtirilayotgan mahsulotlarning bir qismi haligacha olma mevaxoʼri (Carpocapsa pomonella L.) tomonidan nobud boʼlishi bu zararkunandaga qarshi kurash tizimini takomillashtirishni talab etadi. Xususan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi «Oʼzbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi PF-5388-son Farmoni, Oʼzbekiston Respublikasining 2018 yil 9 iyuldagi «Oʼsimliklar karantini toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi qonuniga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish haqida OʼRQ-484-son qonuni, Prezidentimizning 2019 yil 23 oktyabrdagi farmoni bilan qabul qilingan Qishloq xo‘jaligini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasida plantatsiya shaklida intensiv bog‘lar barpo etib yuqori mo’l xosil olish va Oʼzbekiston Respublikasining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli Farmonining 30-maqsadida “Eksportbop mahsulotlar yetishtirish hamda meva-sabzavotchilikni rivojlantirish, intensiv bog‘lar maydonini 3 baravar va issiqxonalarni 2 baravar ko‘paytirib, eksport salohiyatini yana 1 milliard AQSh dollariga oshirish” kabi ko‘p masalalar  belgilab berildi. Ma`ruzachi mavzu yuzasidan qiziqarli ma`lumotlarga ega bo`lib u o`qituvchi va talabalarni mavzuga jalb etdi.  O’qituvchi esa bu faol usullarni qo’llash orqali talabalarning darsdagi ishtirokini, ular tomonidan berilgan savollarga tez va to’g’ri javob berish qobiliyatini, muammolarni hal etish uchun har xil takliflar kiritishini, o’tilgan fan bo’yicha ega bo’lgan amaliy ko’nikmalarini aniq va to’liқ baholash imkoniga ega bo’ladi.Seminar davomida  kafedra professor-o‘qituvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachiga murojaat qildilar va savollariga javob oldilar.

Ulashish: