Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



O'zbek tili va adabiyoti kafedrasida "Adabiyotshunoslikning dolzarb muammolari" nomli ilmiy-nazariy hamda "O'zbek adabiyotini o'qitishning dolzarb muammolari" nomli ilmiy-uslubiy seminar bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 21-fevral kuni Urganch davlat universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasida "Adabiyotshunoslikning dolzarb muammolari" nomli ilmiy-nazariy hamda "O'zbek adabiyotini o'qitishning dolzarb muammolari" nomli ilmiy-uslubiy seminar bo'lib o'tdi.

Seminar yig'ilishida dotsent B.Rahimova "Adabiyot darslarida ko'rgazmalilik, videotasvirlardan foydalanishning ahamiyati", kafedra o'qituvchisi D.Qo'ziyeva "Ogahiy g'azallarida faqir maqomi va faqir obrazi" mavzusida o'z ma'ruzalarini bayon qilishdi. Yig'ilishda O'zbek tili va adabiyoti kafedrasining professor-o'qituvchilari hamda tadqiqotchilari faol qatnashdi va mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Ulashish: