Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch Davlat Universiteti Meva-sabzavotchilik kafedrasi o`qituvchisi Bobojonov Otabekning Kishmishbop uzum navlaridan qand miqdorini xomtok me`yoriga bog`liqligini talabalarga Maktub metodi yordamida o`rganish mavzusidagi ilmiy-uslubiy seminari.

Kun tartibidagi masala yuzasidan kafedra mudiri S.Sadullaev so‘zga chiqib, kafedra o`qituvchisi  O.Bobojonovga Kishmishbop uzum navlaridan qand miqdorini xomtok me`yoriga bog`liqligini talabalarga Maktub metodi yordamida o`rganish mavzusidagi ma’ruzasini boshlash uchun so’z berdi. Ma’ruzachi o‘z ma’ruzasida Respublikamizdagi oliy o’quv yurtlari talabalarining mazkur mavzu bo’yicha bilimlarini chuqurlashtirish, individual va guruhlarda sohadagi muammolarning yechimini tahlil qilish va qaror qabul qilish ko’nikmalarini shakllantirish, muammolarni yechishda bir necha maqbul yechimlarni topish hamda yaratilgan ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish malakasini shakllantirishdan iboratligini gapirdi. Maruzachi o`z maruzasida maktub metodini o`rganishni uzum navlariga qiyoslab tushuntirdi. Jumladan: Qora kishmish. Mahalliy nav. 1959 yildan Respublika bо‘yicha Davlat reyestriga kiritilgan. О‘rta Osiyoda ertapishar navlar orasida iste’mol qilish uchun eng yaxshi nav hisoblanadi. Bu navning tupi baland bо‘lib, novdalari yirik, tez о‘sadi. Kasallik va zararkunandalarga kam chidamli, serkosporioz va un shudring bilan tez zararlanadi. Uzum shingili katta, о‘rtacha vazni – 172 g. Shakli silindr konussimon, g‘ovak, ba’zan zich, rangi qora, eti sershira, mayin. Mevasining pishgan vaqtidagi ta’m bahosi – 8,0 ball. Hosildorligi – 280,8 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 358,4 s/ga ni tashkil etadi. Oq  kishmish. О‘rta Osiyoda yaratilgan. 1959 yildan Respublika bо‘yicha Davlat reyestriga kiritilgan. Bu navning tupi baland bо‘lib, mevasi о‘rtapishar, uzum shingili mayda, tuxumsimon, rangi sarg‘ish yashildan to sariqqacha, mayda qora nuqtalari bor. Nav urug‘siz bо‘lib, quritish uchun ishlatiladi. Uzum shingilining о‘rtacha vazni – 153 g. Mevasining pishgan vaqtidagi ta’m bahosi – 7,1 ball. Hosildorligi – 259 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 300,8 s/ga ni tashkil etadi. Seminar davomida  kafedra professor-o‘qituvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachiga murojaat qildilar va savollariga javob oldilar. 

Ulashish: