Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Dogʻiston davlat agrar universiteti bilan hamkorlik oʻrnatiladi

Bugun, 1-aprel kuni M.M.Djambulatov nomidagi Dogʻiston davlat agrar universiteti rektori Djambulatov Zaydin Magomedovich Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida Urganch davlat universitetida boʻldi.

Dogʻiston davlat agrar universiteti rektori Z.Djambulatov bilan Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev, Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor G’.O’razboyev va Tabiiy va qishloq xoʻjaligi fanlari fakulteti dekani J.Roʻzimov ishtirokida rasmiy muloqot boʻlib oʻtdi. Dastlab rektorlar har ikkala OTMning bugungi kundagi faoliyati haqida bir-birlariga maʻlumot berdilar. Z.Djambulatov Urganch davlat universiteti bilan ko'plab sohalar bo'yicha hamkorlikda mutaxassislar tayyorlashga katta qiziqish bildirdi. 

Uchrashuv natijasi oʻlaroq, Urganch davlat universiteti va Dogʻiston davlat agrar universiteti oʻrtasida oliy ta'lim va fan sohasida hamkorlik qilishga, qo'shma akademik dasturlar, talaba va professor-oʻqituvchilar almashinuvi boʻyicha memorandum imzolashga kelishib olindi.

 

Ulashish: