Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Milliy qadriyatlarimiz e'zozda

Bahor faslida nishonlanuvchi Navro'z bayrami o'zida milliy qadriyatlar, urf-odatlar, xalq o'yinlari kabi ma'naviy-madaniy boyliklarimizni aks ettirishi bilan barchaning dilini xushnud qiladi. Shu qatorda, milliy taomimiz bo'lgan Sumalakning doshqozonlarda qaynashi bayramga o'zgacha ruh baxsh etadi. 

Bugun, 19-mart kuni, O'zbek filologiyasi fakultetida Navro'z ayyomi munosabati bilan ertalabdan bayram taomi — Sumalak tayyorlash ishlari boshlab yuborildi. Fakultet jamoasi va talaba-yoshlar sumalak doshqozoni atrofida bir-biriga dildan iliq tilaklar tilab, bayramni bahoriy shukuhda nishonlashmoqda.

Ulashish: