Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Xalqaro hamkorlik doirasida uchrashuv bo'lib o'tdi

Bugun Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayevning Turkiyaning Saljuq universiteti professori Adiljon Eruyg‘ur bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Aytish joizki, professor Adiljon Eruyg‘ur ayni kunlarda Urganch davlat davlat universitetining Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz tili ta’lim yo‘nalishi  4-bosqich talabalariga Ijtimoiy tilshunoslik fanidan ma’ruza mashg’ulotlari olib bormoqda. 

Mehmon rektor bilan suhbatda talabalarning turk tili va madaniyatiga qiziqishlari yuqori ekanligi va darslarda faolliklari haqida gapirdi.  Qardosh tillarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid yangi bilimlar talabalarda katta qiziqish uygʻotganiga toʻxtaldi va universitetda unga yaratib berilgan sharoitlar uchun chuqur minnatdorchilik bildirdi. Oʻz navbatida, rektor B.Abdullayev Saljuq universiteti hamkorlikni yanada rivojlantirishga ishonch bildirdi.

 

Ulashish: