Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



UrDU doktorantlariga Fransiyaning Puatye universiteti professorlari ilmiy seminar olib borishadi

Bugun, 13-aprel kuni Urganch davlat universiteti doktorantlariga dissertatsiya yozish metodologiyasi bo'yicha ilmiy seminar o'tish maqsadida Fransiyaning Puatye universitetidan professorlar tashrif buyurishdi.

Dastlab Fransiya delegatsiyasi aʼzolari: prof.Kristin Baron, prof.Silvi Anot, prof.Sharlotta Krauss va prof.Helen Yechelar bilan UrDU Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori G’.O’razboyev hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Z.Ibragimovlarning uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Muloqotda o'zaro istiqboldagi hamkorliklarni yanada kengaytirish, birgalikda ilmiy maqolalar chop ettirish, fransuz tili boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturini ochish va qo'shma diplom beruvchi sohalarni muhokama qilishdi.

Delegatsiya joriy yilning 18-apreligacha universitetda doktorantlarga  ilmiy seminar mashgʻulotlari olib borishadi.

 

Ulashish: