Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



“MINTAQADA BARQAROR IQTISODIY O‘SISH ORQALI AHOLI TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI” MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN OʻZ ISHINI BOSHLADI

Bugun, 16-aprel kuni Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan ushbu anjumanning ochilish marosimida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Z.Ibragimov, Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti dekani I.Abdullayev, professor B.Ruzmetov va Rossiyaning Qozon (Volga) federal universiteti o’qituvchisi Elvir Axmetshinlar so’zga chiqib, konferensiya faoliyatiga omad tilashdi.

Anjumanda Rossiya hamda Ozarbayjon universitetlarining 10 nafarga yaqin professorlari ishtirok etmoqda. Unda O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotning holati va rivojlanish istiqbollari, mintaqada maxsus iqtisodiy zonalar va investitsiya imtiyozlar, raqamlashtirishning turizm sanoati raqobatbardoshligini shakllantirishga ta’siri yuzasidan ma’ruzalar tinglanmoqda. 

 

Ulashish: