Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Prokuror va talaba-yoshlar uchrashuvlari davom etmoqda

Bugun, 20-aprel kuni Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida “Prokuror va yoshlar” uchrashuvi Urganch tumani prokurori S.G‘aybiyev ishtirokida boʻlib oʻtdi.  

Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Diniy ishlar bo‘yicha qo‘mitaning Urganch tumani bo‘yicha bosh mutaxassisi O.Palvanov,  Urganch tumani kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i A.Ruzmetov hamda Urganch tuman Yoshlar ishlari agentligi mutaxassisi J.Niyazmetovlar ishtirok etdi.
Uchrashuvni UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev ochib berdi.

Tadbirda yoshlarni ma'naviy barkamol qilib tarbiyalash, mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, har tomonlama yetuk avlod bo'lib yetishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligi to'g'risida soʻz yuritildi. Yoshlar bandligini taʼminlashga qaratilgan ishlar haqida gapirilib, ishga joylashishda ARGOS ning oʼrni haqida toʼxtalib oʼtildi. Talabalar orasida jinoyatchilik va diniy ekstremizm oldini olish, yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish borasida  tavsiyalar berildi.

Talabalarni qiynayotgan muammolar haqida soʼralib, ular bilan ochiq muloqot qilindi.

Ulashish: