Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Rektor yoshlar xonadonlarida...

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish maqsadida viloyat Komissiyasining qarori bilan 2024-yilda alohida ishlash talab etiladigan 34 nafar Urganch tumani   “O‘rta do‘rman” mahallasida yashovchi yoshlar Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayevga nomma-nom biriktirilgan.

Bugungi kunda ushbu yoshlarning ijtimoiy holatini yaxshilash, mavjud muammolarini bartaraf etish, kasb-hunar va chet tillariga oʻqitish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Yoʻl xarita”si ishlab chiqilib, shu asosda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bugun,  22-aprel kuni ham rektor Baxrom Abdullayevning Urganch tumani   “O‘rta do‘rman” mahallasida boʻlib, mahalla yetakchisi bilan birgalikda oʻziga biriktirilgan yoshlarni uylariga tashrifi davom etdi. Ushbu mahallada yashovchi Sarvinoz Abdullayeva, Azizbek Shokirov, Sevinch Ermetovalarning  uylariga borib, yoshlarning oʻzlari va ota-onalari bilan suhbatlashdi. Ularni qiynayotgan muammolari bilan qiziqdi, yashash sharoitlarini yaqindan oʻrgandi. 

Rektor yoshlarning xonadonlariga birma-bir borib oʻrganar ekan, Sarvinoz Abdullayevaga tikuv mashinasi berishni, Azizbek Shokirovga oʻqishga kirishi uchun ushbu mahalla qoshidagi maktabda bepul oʻquv kurslari tashkil qilib berishni, Sevinch Ermetovaga esa bir martalik kontrakt mablagʻini toʻlib berish hamda ishga joylashlashtishni vaʼda qildi. Oʼz navbatida, yoshlar ushbu eʼtibordan behad mamnun ekanliklarini bildirib, chuqur minnatdorchilik bildirdilar.

Yoshlar muammolarini oʼrganish va tizimli hal qilish jarayonlari davom etadi.

 

Ulashish: