Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Adliya boshqarmasida Til bayrami

Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sana munosabati bilan joriy yilning 20-oktabr sanasida Urganch davlat universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti Sh.Norboyeva ishtirokida Xorazm viloyat adliya boshqarmasi vakillari uchun davra suhbati tashkil qilindi.

Ma'ruza davomida mamlakatimizda so'nggi yillarda o'zbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, til ilmi tadqiqi, ta'limi va targ'ibiga daxldor tizimli va qamrovli ishlar yuzasidan fikrlar bildirildi. Suhbat yakunida til ma'naviyat va madaniyatning hamda tafakkurning asosiy tayanchi ekanligiga urg'u berildi.

Ulashish: