Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Til bayramiga bag'ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya

Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida Oʻzbek filologiyasi fakulteti tashabbusi bilan O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan “Davlat tili taraqqiyoti: muammo va yechimlar”  mavzusidagi  ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Konferensiya davomida Xorazm viloyati hokimi maslahatchisi R.Xudayberganov “Davlat tilining ustuvorligini ta’minlashda viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar”, O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri, dots. A.Primov “O‘zbek tilining millat va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni”,  f.f.d., prof.v.b. A.O‘razboyev “Jahonga taralgan turkiy tarovat (Xorijiy Sharq tillarida turkiy so‘zlar)” mavzularida ma'ruza qilib, shu vatanning har bir farzandi ona tilini sevishi, uning qadr-qimmatini joyiga qo‘yishda faol ishtirok etishi lozimligi haqida atroflicha fikr yuritdilar.

Ulashish: