Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Xorazm MTRKning "Assalom, Xorazm" dasturida 21-oktabr — O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan jonli efir o'tkazildi

Joriy yilning 20-oktabr kuni UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchilari Adolat Allaberganova hamda Ro'zagul Jumaniyozovalar Xorazm MTRKning "Assalom, Xorazm" dasturida 21-oktabr — O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan jonli efirda chiqish qildilar.

Dastur davomida o'zbek tilining jamiyat hayotida tutgan o'rni va ahamiyati, tilning boy tarixi, tarixiy manbalar tadqiqi, tilimizning bugungi kundagi nufuzi borasida fikr-mulohazalar bildirildi. Dunyodagi boy va qadimiy tillardan biri bo'lgan o'zbek tili xalqimiz uchun milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma'naviy boylik, buyuk qadriyat ekanligi ta'kidlandi. 

Ulashish: