Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"O'zbek orfografiyasi va punktuatsiyasi" fanidan ochiq ma'ruza mashg'ulot o'tkazildi.

UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti Q.Olloyorov tomonidan Amaliy filologiya yo'nalishi 221-guruh talabariga "O'zbek orfografiyasi va punktuatsiyasi" fanidan ochiq ma'ruza mashg'ulot o'tkazildi.

Mashg'ulot "O'zbek imlosi borasidagi muammolar bo'yicha mutaxassislarning ilmiy qarashlari tahlili" mavzusida tashkil qilindi. Ma'ruza davomida o'zbek tilshunosligining o'ziga xos jihatlari, dastlabki imlo qoidalarining ishlab chiqilishi, o'zbek imlosi oldida turgan qator muammolar haqida ma'lumot berildi. 

Darsda kuzatuvchi sifatida O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchilari F.Masharipova, A.Allaberganova, D.Sultanovalar hamda kafedra magistrantlari ishtirok etdi.

Ulashish: