Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Amaliy dialektologiya" fanidan ochiq amaliy mashg'ulot o'tkazildi.

UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi Z.Madrimova tomonidan Amaliy filologiya ta'lim yo'nalishi 221-guruh talabalariga "Amaliy dialektologiya" fanidan ochiq amaliy mashg'ulot o'tkazildi.    

Mashg'ulot "Shevalarda soʻz yasalishi" mavzusida guruhlarga boʻlingan holda tashkil qilindi. Dars avvalida "Oʻyla, izla, top!" metodidan foydalangan holda oʻtilgan dars takrorlandi va mustahkamlandi. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida turli xil topshiriqlar va pedagogik texnologiyalardan, jumladan, krossvord, chaynvord, shevaga oid tushunchalarga izoh berish, transkripsiyada yozish, moslashtirish hamda turli xil savol kartochkalaridan foydalanildi.

Darsda kuzatuvchi sifatida O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi PhD. X.Qodirova ishtirok etdi.

Ulashish: