Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"O'zbek tili tarixi" fanidan ochiq dars mashg'uloti o'tkazildi.

UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi X.Boymuratova tomonidan 215-guruh talabalariga "O'zbek tili tarixi" fanidan ochiq dars mashg'uloti o'tkazildi.

Ochiq dars "Eski turkiy tilda sonlarning ifodalanishi, olmosh turlari"  mavzusida "Venn diagrammasi", "Davom ettir", "Mantiqiy izchillik", "Mosini tanla" kabi interfaol metodlar orqali noan'anaviy tarzda olib borildi. Dars jarayonida talabalar zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda faol ishtirok etdilar hamda mavzuni chuqur o'zlashtirib oldilar.

Darsda kuzatuvchi sifatida O'zbek tilshunosligi kafedrasi  o'qituvchilari PhD. Sh.Alimova hamda G.Ro'zimova ishtirok etdi va talabalarning dars jarayoniga qiziqishlari, bilim salohiyati hamda mashg'ulot davomidagi ishtiroklari haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tdilar.

Ulashish: