Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universiteti Meva-sabzavotchilik kafedrasi dotsenti Azad Raximovning Sabzavotchilik fanidan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish mavzusidagi uslubiy-nazariy seminari

Ma’ruzachi o‘z ma’ruzasida sabzavot ekinlari ochiq maydonlarda (bahoryoz va kuz davrlarida) sabzavot hamda urugʻ, yopiq yerlarda (mavsumdan qatʼi nazar) sabzavot olish uchun yetishtiriladi. Himoyalangan yerlarda oʻsimlikning oʻsishi va rivojlanishi uchun  issiqxonalarda jami omillar sunʼiy yaratiladi va uni boshqarish mumkin. Bu esa qish, erta bahor, kech kuzda ham sabzavot yetishtirish imkoniyatini yaratadi. S.da yetishtiriladigan ekinlar turining koʻpligi, biologik xususiyatlarining xilmaxilligi bilan ham ajralib turadi. Oʻzbekistonda 70 ga yaqin turdagi S. ekinlari yetishtiriladi va qishloq xoʻjaligida salmokli oʻrinni egallaydi. Oʻrta Osiyoda qovunning 2000-yil ilgari, tarvuz, qovoq, bodring, piyoz, sabzi, kalampir, turp va boshqalarning undan ham ilgari ekilgani maʼlum. Xalq seleksiyasida sabzavot ekinlarining dunyoga mashhur navlari yaratilgan. Asrlar davomida sabzavot ekinlarining tur tarkibi oʻzgarib bordi. Mas, 19-asrning 2-yarmidan Rossiya orkali pomidor, kartoshka, karam, gulkaram, bolgar qalampiri, Xitoydan esa rediska, patisson, pekin karami va boshqa kirib keldi hamda asosiy ekinlar qatoridan joy oldi. amaliy mashg’ulotlarda kichik guruhlarda har bir guruhda bilimli, o’rta bilimli, kam bilimli talabalar tanlanib, ularga tarqatma materiallar beriladi va ular mustaqil o’z guruhi bilan birgalikda mavzuni tahlil qiladilar, tushunmovchiliklarni o’qituvchidan so’raydilar va dars tugashiga 20 minut qolganda guruhlar bir biri bilan savol javob qiladilar va baholanadilar.Shuning uchun ham mashg’ulot boshida ularning birgalikda ishlashi va bir biriga masalani to’liq tushuntirib xulosa qilishi lozim.Shu tariqa kafedra professor-o‘qituvchilari o’zilarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachi va talabarga murojaat qildilar va seminar savollarga boy hamda ko’tarinku ruhda o’tdi. 

Ulashish: