Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



“Nodirai davronlar” ko'rik-tanlovining Xorazm viloyat bosqichi o'tkazildi.

Хotin-qizlarda milliy qadriyatlarimizga hurmat tuyg'usini shakllantirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, siyosiy yetakchilik qobiliyatini yuzaga chiqarish maqsadida o'tkazilayotgan “Nodirai davronlar” ko'rik-tanlovining  Xorazm viloyat bosqichi o'tkazildi.

Tanlovning birinchi sharti tashkiliy qo'mita tomonidan saralab olingan nomzodlar o'rtasida savodxonlik darajasini aniqlash maqsadida "Bexato yozamiz" diktant yozish sharti asosida tashkil qilingan bo'lsa, ikkinchi shartda  "Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot" mavzusida taqdimot namoyishi bo'lib o'tdi.

Ushbu ko'rik-tanlovda UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi Atabayeva Mehriniso va o'zbek tili ta'lim yo'nalishi 202-guruh talabasi Rahmanova Dilnura 2-o'rinni, 204-guruh talabasi Qo'ziyeva Shahrizoda 3-o'rinni qo'lga kiritdi.

Ulashish: