Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Ogahiy hazratlarini xotirlab qabrlari ziyorat etildi.

Xorazm viloyati hokimligi, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limining a’zolari, Urganch davlat universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti professor-o'qituvchilari va talabalari, Ogahiy nomidagi ijod maktabi jamoasi hamda keng jamoatchilik vakillari tomonidan Ogahiy hazratlarining qabri joylashgan "Shayx Mavlon bobo" qabristonida shoir qabri ziyorat etilib, uning ruhiga Qur’on tilovat qilindi.
 
Shundan so'ng Ogahiy nomidagi ijod maktabi oldidagi ulug' mutafakkirning haykali poyiga gullar qo'yilib, hurmat va ehtirom ko'rsatildi. Ogahiy hayoti va ulkan merosi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Xususan, f.f.d., professor A.O'razboyev Ogahiy hayoti va ijodini chuqur o'rganish borasida o'z nutqini bayon qilib, unga munosib izdosh bo'lish lozimligini ta'kidlab o'tdi.

Ulashish: