Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Tilshunoslik nazariyasi" fanidan ochiq amaliy mashg'ulot o'tkazildi.

UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi A.Allaberganova tomonidan o'zbek tili ta'lim yo'nalishi 233-guruh talabalariga "Tilshunoslik nazariyasi" fanidan ochiq amaliy mashg'ulot o'tkazildi.    

Mashg'ulot "Turkiy tillar oilasi va unga kiruvchi tillar tasnifi" mavzusida guruhlarga bo'lingan holda tashkil qilindi. Dars avvalida o'tilgan mavzu "Tezkor savol-javob" metodi orqali takrorlandi. Yangi mavzu bo'yicha ma'lumotlar keltirilib, turkiy tillar tasnif qilindi. Mashg'ulot davomida "Aqlni charxlaymiz", "Krossvord", "Kalit so'zlar", "Moslashtirish" kabi metodlardan foydalanildi. Turkiy tillar leksik tarkibining uyg'unligi va grammatik qurilishning mushtarakligi misollar orqali izohlandi.

Darsda kuzatuvchi sifatida O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi PhD. Sh.Alimova va magistrantlar ishtirok etdi.

Ulashish: