Close
Skip to main content


"Mardlar qo'riqlaydi vatanni" mavzusida talabalar turar joyida uchrashuv tashkil qilindi.

UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi katta o'qituvchisi X.Bobojonova va o'qituvchi G.Xusainova O'zbek tilshunosligi kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan talabalar turar joyida joriy o'quv yili davomida o'tkazilishi belgilangan tadbirlar rejasi doirasida 5-sonli TTJga tashrif buyurib, talabalar bilan adabiy uchrashuv tashkil qildilar.

Uchrashuv "14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan "Mardlar qo'riqlaydi vatanni" mavzusida o'tkazildi. Mamlakatimizning tinch-totuv hayoti va hududimiz yaxlitligida miliy armiyamizning muhim o'rni va roli, xavfsizligimizni ta'minlashdagi ahamiyati atroflicha yoritildi. Talabalik esa inson umrining eng yorqin va mas'uliyatli davri ekanligi borasida fikr-mulohazalar bayon etildi.

Ulashish: