Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



XALQARO HAMKORLIKDAGI "O'ZBEK TILI" KURSI DAVOM ETMOQDA

Xalqaro hamkorlik aloqalari natijasida Urganch davlat universiteti hamda Turkistonliklar madaniyati va ijtimoiy yordam jamiyati bilan hamkorlikda tashkil qilingan onlayn "O'zbek tili" kursining Zoom platformasi orqali navbatdagi dars mashg'uloti bo'lib o'tdi. 

Darsni UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi PhD Shahnoza Alimova olib bordi. Dars davomida "O'zbekona" dasturi bo'yicha o'zbek tili A1daraja dars mashg'ulotlari yakuniga yetkazildi. Kelasi haftadan imtihon jarayonlari bo'lib o'tishi e'lon qilindi.

Eslatib o'tamiz, "O'zbek tili" kursi darslari shanba-yakshanba kunlari Turkiya vaqti bilan soat 19:00 dan 20:30 gacha tashkil qilinadi.

Ulashish: