Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Alisher Navoiy, Bobur va Omon Matjon kabi ijodkorlarning ona tilini asrab-avaylash bo'yicha amalga oshirgan ishlari" mavzusida talabalar turar joyida uchrashuv

UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti Q.Olloyorov va o'qituvchi G.Ro'zimova O'zbek tilshunosligi kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan talabalar turar joyida joriy o'quv yili davomida o'tkazilishi belgilangan tadbirlar rejasi doirasida 5-sonli TTJga tashrif buyurib, talabalar bilan davra suhbati tashkil qildilar.

Uchrashuv Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur hamda Omon Matjon kabi ijodkorlarning tavallud kunlari munosabati bilan "Alisher Navoiy, Bobur va Omon Matjon kabi ijodkorlarning ona tilini asrab-avaylash bo'yicha amalga oshirgan ishlari" mavzusida o'tkazildi. Suhbat davomida buyuk siymolar hayoti va ijodiy faoliyati, ularning o'zbek tili rivoji yo'lidagi harakatlari, tilimizning shakllanishi va rivojlanishida qo'shgan hissalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Ulashish: