Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Yosh notiqlar to'garagi faoliyati

UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi Adolat Allaberganova rahbarligida "Yosh notiqlar" to'garagining navbatdagi mashg'uloti bo'lib o'tdi. Mashg'ulot davomida adabiy me'yor va muomala madaniyatiga amal qilish, nutqni har qanday sharoitda to'g'ri shakllantirish, nutq texnikalariga rioya qilish qoidalari bo'yicha ma'lumotlar berildi. Mashg'ulot mavzusi bo'yicha talaba-qizlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Fakultetimizda tashkil etilayotgan bu kabi to'garaklarning asosiy maqsadi – talabalarning darsdan keyingi vaqtini to'g'ri va mazmunli tashkillashtirish, har bir sohada yetuk mutaxassis sifatida kamol toptirishdan iborat.

Ulashish: