Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari" fanidan ochiq dars oʻtkazildi.

UrDU Oʻzbek filologiyasi fakulteti Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi oʻqituvchisi Zamira Madrimova tomonidan Oʻzbek tili ta'lim yoʻnalishi 221-guruh talabalariga "Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari" fanidan ochiq dars oʻtkazildi.

Amaliy mashgʻulot "Leksik uslubiyat" mavzusida boʻlib o'tdi.  Dars "Nutq uslublari qutichalari", "Eng kreativ reklama nutqi", "Eng taʼsirchan nutq", "Nutq oʻstiruvchi qalam mashqi", "S harfi asosida alliteratsiya", "Sirli konvertchalar", "Maqollar asosida pantomima", "Ortiqcha boʻgʻinlar" kabi qiziqarli shartlar orqali guruhlarga boʻlingan holda tashkil qilindi. Darsda kuzatuvchi sifatida Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti Sh.Aqmanova qatnashdi.

Ulashish: