Davlat tilida ish yuritish to'garagi faoliyati
UrDU Oʻzbek filologiyasi fakulteti Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi oʻqituvchisi Zamira Madrimova rahbarligida "Davlat tilida ish yuritish" toʻgaragining navbatdagi mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Mashgʻulot davomida maʼlumot-axborot hujjatlari hamda ularning oʻziga xos xususiyatlari, ariza, tilxat, tushuntirish xati, maʼlumotnoma, bayonnoma, bayonnomadan koʻchirma kabi hujjatlarni tuzish va amaliyotda qoʻllash boʻyicha ma'lumotlar berildi. Mavzuni mustahkamlash hamda imloviy savodxonlikni oshirish maqsadida mavzuga doir mashq va topshiriqlar bajarildi.
Fakultetimizda tashkil etilayotgan bu kabi toʻgaraklarning asosiy maqsadi – talabalarning darsdan keyingi vaqtini toʻgʻri va mazmunli tashkillashtirish, ularni har bir sohada yetuk mutaxassis sifatida kamol toptirishdan iborat.