Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Yosh notiqlar" ko'rik-tanlovining navbatdagi soni bo'lib o'tdi

Urganch davlat universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti tomonidan an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan "Yosh notiqlar" ko'rik-tanlovining navbatdagi soni bo'lib o'tdi.

Ona tilimiz ya'ni o‘zbek tilida ravon va to‘g‘ri so‘zlash, notiqlik san’atini egallashga bo‘lgan havaslarini yana ham kuchaytirish, til madaniyat ko‘zgusi va ruhimizning qanoti ekanligini anglash, so'z san’atkorlari ijodini o‘rganish, targ‘ib qilish, ularning asarlaridagi notiqlik, nutq madaniyatiga oid bilimlarni egallash, davlat tilimizga bo‘lgan e’tibor va hurmatni yana-da kuchaytirish maqsadida o'tkazilgan ushbu ko‘rik-tanlovda O'zbek filologiyasi  fakultetning 5 nafar talabasi 2 shart asosida o'zaro kuch sinashib, oʻz mahoratlarini namoyish qildilar.

 Har bir shart hakamlar hayʻati tomonidan munosib baholanib borildi. Natijalarga koʻra:
1-o'rin: Karimova Sohiba (222 -o'zbek tili guruh).
1-o'rin: Rahmonova Lolagul (211-rus tili guruh).
2-o'rin: Rahimova Dilrabo ( 211-o'zbek tili guruh).
3-o'rin: Qadamova Kumushoy (231-Amaliy filologiya).

Tanlov davomida Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili ta'lim yo'nalishi 222-guruh talabalari tomonidan tayyorlangan kuy-qo'shiq hamda go'zal raqslar tomoshabinlarda yuqori kayfiyatni uyg'otdi.

Ulashish: