Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet



"SHE'RIYAT SHOHSUPASI"

         Bugun, 29-aprel kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida Filologiya va sanʼat fakulteti tashabbusi bilan oʻtkazilib kelinayotgan "She’riyat shohsupasi" ko‘rik-tanlovining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovning ushbu bosqichi Rus tili yo‘nalishi talabalari uchun Bella Ahmadulina ijodi asosida tashkil etildi.

Tanlov shartlari:

Ifodali yod o‘qish – ishtirokchilar tanlangan ijodkorlarning 10 ta she’rini badiiy ijroda yoddan o‘qishdi.

Bahr-u bayt – ishtirokchilar yod olgan she’rlari asosida o‘zaro musobaqalashishdi.

Hay’at a’zolari, jumladan, Filologiya va san’at fakulteti  Rus tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi J.Rahimov ishtirokchilarning chiqishlarini munosib baholab, tanlov g‘oliblarini aniqladi.

Rus tili ta'lim yo'nalishi bo'yicha:

 1-o‘rin: Isakova Shahnoza (231-rus tili guruhi);

2-o‘rin: Xudoyorova Dilnoza(241-rus tili guruhi).

          Bundan tashqari, tanlovda faol ishtirok etgan boshqa talabalar ham rag‘batlantirilib, ularga faxriy va esdalik sovg‘alari topshirildi.Mazkur tanlov yoshlarning she’riyatga bo‘lgan mehrini oshirish, buyuk adabiy merosni targ‘ib etish va badiiy nutq mahoratini rivojlantirishga xizmat qilib, barcha ishtirokchilar va tomoshabinlarga unutilmas taassurot qoldirdi.

 

Ulashish: