UrDUda oltin kuz go‘zalligi!
O‘lkamizga kirib kelgan kuz fasli o‘zining betakror manzaralari, tiniq havosi va oltin rang libosga burkangan daraxtlari bilan oliygohimiz tevarak-atrofini yanada go‘zal qiyofaga kiritmoqda.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti hovlisi va xiyobonlarida kuzning iliq nafasi, tabiiy sokinlik va rang-barang yaproqlarning jilosi talabalar kayfiyatiga ham bayramona ruh bag‘ishlamoqda.
Bu go‘zal fasl — yangi ilhom, yangi g‘oyalar va yangilanish fasli.
Tabiatdagi har bir o‘zgarish, har bir yaproq tovlanishi — ilm maskanimiz hayotidagi yangiliklar va ijodiy ruhni eslatadi.

.jpg)
.jpg)
.jpg)

