UrDUda banklar hamkorligida “Biznes marafon” motivatsion seminar-trening o‘tkazildi
Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida bitiruvchi talabalar uchun viloyatdagi yirik moliya tashkilotlari — “Turonbank” ATB, “Kapitalbank” Urganch bank xizmatlari markazi ATB, Oʻzmilliybank AJ, “Infinbank” AJ hamda “Hamkorbank” ATB hamkorligida “Biznes marafon” motivatsion seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarni zamonaviy biznes jarayonlari, bank tizimida mavjud imkoniyatlar va startaplarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida xabardor qilish, ularda tashabbuskorlik va tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishdir.
Seminar davomida banklar mutaxassislari tomonidan biznesni yo‘lga qo‘yishning bosqichlari, yosh tadbirkorlar uchun imtiyozli kreditlar, moliyaviy savodxonlikning asosiy qoidalari, bozor talablari va mavjud tendensiyalar kabi yo‘nalishlarda o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
“Biznes marafon” bitiruvchi talabalar uchun nafaqat motivatsion uchrashuv, balki amaliy bilimlar, real loyihalar bilan tanishish va banklar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun muhim maydon bo‘ldi.


.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
