Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida “Biz giyohvandlikka yo'q deymiz!” shiori ostida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda

Bugun, 4-dekabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi "Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-207-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida "Biz giyohvandlikka yo'q deymiz!" shiori ostida turli uchrashuv va profilaktik tadbirlar o'tkazildi.

Fizika-matematika fakultetida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari Q.Jumanazarov va J.Raximov ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Uchrashuvda talabalar giyohvandlikning xavfli oqibatlari va uning oldini olish bo‘yicha batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Filologiya va san’at fakultetining 1-bosqich o‘zbek tili yo‘nalishi talabalari bilan “Biz giyohvandlikka yo‘q deymiz!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy salomatlik markazi Narkologiya xizmati Xorazm filiali shifokori, nevropatolog-narkolog F.Otajonov ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzi, kasalliklarning oldini olish hamda shaxsiy salomatlik uchun mas’uliyat haqida tushuntirishlar berdi.

Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakultetida “Giyohvandlikka yo‘q degin! Hayotni tanla!” mavzusida umumprofilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy ruhiy salomatlik tibbiy markazi Narkologiya xizmati Xorazm viloyat filiali shifokori, nevropatolog-narkolog F.Otajanov giyohvandlikning ayanchli oqibatlari va yoshlarni zararli oqimlardan himoya qilish zarurligi haqida ma’ruza qildi.

Xorijiy filologiya fakultetida ham “Giyohvandlikka yo‘q degin! Hayotni tanla!” mavzusida shifokor ishtirokida profilaktik uchrashuv o‘tkazildi va talabalarga tegishli tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakultetida  Xorazm viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari Q.Jumanazarov, J.Raximov hamda fakultetning Yoshlar ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Xayitov ishtirokida profilaktik uchrashuv tashkil etildi.

Ulashish: