Close
Saytda texnik ishlar olib borilmoqda!
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Navoiyxon talaba” ko‘rik-tanlovining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi

Bugun, 5-dekabr kuni Urganch davlat universitetida Filologiya va san’at fakulteti tashabbusi bilan buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy ijodini chuqur o‘rganish, uning badiiy merosini talabalarga yanada keng targ‘ib etish maqsadida an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Navoiyxon talaba” ko‘rik-tanlovining navbatdagi soni tashkil etildi.

Tanlov uch bosqichda — savol-javoblar, bahs-munozaralar va Alisher Navoiy lirikasidan namunalar ijrosi orqali o‘tkazildi. Har bir bosqich hakamlar hay’ati tomonidan xolis baholanib bordi.

Tanlov g‘oliblari:
I o‘rin — Ibragimova Shoira, O‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi, 3-bosqich talabasi;
II o‘rin — Ismailova Sabina, O‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi, 1-bosqich talabasi;
III o‘rin — Jamalatdinova Muyassar, O‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi, 3-bosqich talabasi.

Tadbirning badiiy qismi Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi 221-guruh talabalari tomonidan namoyish etilgan sahna ko‘rinishlari, Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videorolik, kuy-qo‘shiqlar hamda raqslar bilan yanada fayzli va mazmunli davom etdi.

Tanlov yakunida g'olib talabalar munosib taqdirlandi.

Ulashish: