UrDUda Yangi yil bayrami keng nishonlanmoqda
Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan Yangi yil bayram tadbiri yuqori kayfiyat va bayramona ruhda tashkil etildi. Tadbirni UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev ochib berib, talaba-yoshlarni kirib kelayotgan Yangi 2026-yil bilan samimiy va qizg‘in tabrikladi.
Bayram davomida talabalar tomonidan tayyorlangan QVZ chiqishlari, sahna ko‘rinishlari, quvnoq raqslar va jarangdor qo‘shiqlar namoyish etildi. Qorbobo va Qorqizning sahnaga chiqishi esa tadbirga yanada shukuh va quvonch bag‘ishladi.
Yangi yil UrDU jamoasiga yangi orzular, yutuqlar va omadlar olib kelsin!

.jpg)
.jpg)

.jpg)
.jpg)
