Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



UrDUda zamonaviy texnologiyalar asosida STEM ta’limini rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi

Joriy yilning 16-yanvar kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Educational Robotics Training – Exploring Edison Mini Robots” mavzusida STEM seminar-treningi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur amaliy mashg‘ulotda universitetning Kompyuter injiniring, Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetlari professor-o‘qituvchilari hamda magistrantlari, shuningdek Ranch texnologiya universiteti informatika fani o‘qituvchilari, Xorazm viloyati umumta’lim maktablarining STEM yo‘nalishi o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar.

Seminar davomida ishtirokchilar Edison Mini robotlari yordamida dizayn-fikrlash tamoyillarini amaliyotda qo‘llab, robototexnika va STEM darslarini samarali tashkil etish, o‘quvchilar faolligini oshirish, ularda yaratuvchanlik, muhandislik tafakkuri hamda STEM ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni tajribada sinab ko‘rdilar.

Mashg‘ulotlar davomida magistrantlar va professor-o‘qituvchilar robot prototiplarini yaratish va dasturlash orqali jamoaviy ishlash, kreativ muammolarni hal etish borasida o‘zaro tajriba almashdilar.

Tadbir yakunida maktab xavfsizligi va ta’lim muhitini yaxshilashga qaratilgan innovatsion robototexnika loyihalari taqdimoti o‘tkazildi. UrDU va Ranch texnologiya universiteti o‘rtasidagi mazkur hamkorlik STEM ta’limini rivojlantirish, raqamli kelajak uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ulashish: