Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Lyaonin pedagogika universiteti delegatsiyasi UrDUda

Bugun, 28-yanvar kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining Lyaonin pedagogika universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mazkur tashrif ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy-ta’limiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga qaratildi. 

Tashrif doirasida mehmonlar dastlab Kimyoviy texnologiya fakultetida bo‘lib, fakultetda yaratilgan sharoitlar, laboratoriya xonalari, o‘quv-ilmiy jihozlar, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari hamda Texnopark faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Amaliy yo‘naltirilgan tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar delegatsiya vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Shundan so‘ng, delegatsiya a’zolari Texnika fakultetiga tashrif buyurib, bu yerda mehmonlar ta’lim jarayonining tashkil etilishi, moddiy-texnik baza, o‘quv laboratoriya xonalari hamda talabalar uchun yaratilgan amaliy mashg‘ulotlar sharoitlari bilan yaqindan tanishtirildi.

Mazkur tashrif ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shma ilmiy loyihalar, akademik almashinuv va ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ulashish: